Xorazmdagi zavod davlatga 4,7 mlrd so‘m zarar keltirdi
Gurlan tumanida 4,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan g‘isht zavodi aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan «O‘zenergoinspeksiya» xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Gurlan tuman elektr ta’minoti korxonasi mas’ul shaxslari tarmoqqa ulanish ahvolini o‘z vaqtida o‘rganmaganliklari oqibatida «X.Sh.» MChJ rahbari E.S. va boshqalar MChJ g‘isht zavodiga o‘rnatilgan transformatorining kuchlanish simlarini teskari ulab, elektr energiyasidan tijorat maqsadida noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 4,7 mlrd so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter