Xorazmda bozorning tom qismi qulab tushdi (foto)
![Xorazmda bozorning tom qismi qulab tushdi (foto)](https://static.xabaruz.com/crop/3/7/720_460_95_3770472668.jpg)
Ijtimoiy tarmoqlarda Xonqa buyum bozorining tom qismi qulab tushganligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.
Mahalliy nashrlarga ko‘ra, bugun «Xonqa buyum savdo» MChJ (buyum bozori) binosi tom qismi belgilangan yuk ko‘tarmasidan oshiqroq yuklama oqibatida qulab tushgan.
Hodisa natijasida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi va hamkor tashkilotlar tomonidan sodir bo‘lgan hodisa natijasida yuzaga kelgan noqulayliklarni bartaraf etish jarayoni ketmoqda deya xabar bermoqda.
Kuni kecha Honqada sud binosining tomi qulagani tasviri tarqalgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter