Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda IIB xodimlari oqlandi

Xorazmda IIB xodimlari oqlandi

Xorazm viloyatining Yangibozor tuman IIB jinoyat qidiruv bo‘linmasi tezkor vakillari Sarvar Sultanov va Jo‘rabek Adambayev go‘yoki oldindan til biriktirib, o‘g‘irlik jinoyatini (hisobga olishni) qasddan yashirganlikda ayblangan.

Yaqinda ularga oid jinoyat ishi Xiva shahar sudida ko‘rib chiqildi. Sud tergovi jarayonida jinoiy hodisa yuz bermagani aniqlandi. Natijada S.Sultonov va J.Adambayevlarning harakatlarida jinoyat alomatlari yo‘qligi sababli ularga nisbatan oqlov hukmi chiqarildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xiva shahar sudining raisi O.Masharipov bu haqda «Xabar.uz»ga ma’lum qilarkan, alohida qayd etdiki, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 9-moddasiga ko‘ra, aybi isbotlangan shaxs ijtimoiy xavfli qilmishlari uchungina javobgar bo‘ladi, sudning hukmi qonuniy kuchga kirmay turib hech kimga «jinoyatchi» degan tamg‘a bosilishi mumkin emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring