Xorazmda elektr tarmog‘ida avariya yuz berdi
Soat 12:15 da Xorazm viloyatida yuz berayotgan kuchli yomg‘ir oqibatida 6-10 kVli 41 ta elektr uzatish tarmog‘i 78 MVt quvvat bilan avariyaviy o‘chgan.
Buning natijasida Hazorasp, Bog‘ot, Xonqa, Qo‘shko‘pir va Yangiariq tumanlari iste’molchilari qisman (12 ming 500 ta) va kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr ta’minotidan uzilgan.
Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda noqulay ob-havo (kuchli yomg‘ir va shamol) sharoitiga qaramay, maxsus brigadalar tomonidan ushbu nosozlik bartaraf etilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter