Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda AKTga ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat boshladi

Xorazmda AKTga ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat boshladi

2020-yil 19-dekabr kuni Urganch shahar 30-son umumta’lim maktabi negizida Informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil qilindi.

Maktabning ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos onlayn ishtirok etdi.

Maktabda informatika, robototexnika xonalari va elektron kutubxona eng zamonaviy kompyuter texnikalari va axborot-kommunikatsiya vositalari bilan «ALSKOM» sug‘urta kompaniyasi homiyligida jihozlandi.

Ixtisoslashtirilgan maktabga o‘quvchilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat test markazi tomonidan test sinovlari asosida qabul qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring