Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Xorazm shakar» MChJ bosh direktori o‘zgardi

«Xorazm shakar» MChJ bosh direktori o‘zgardi

«Xorazm shakar» MChJ bosh direktori nafaqaga kuzatildi.

Foto: «Xabar.uz»

«Xorazm shakar» MChJ bosh direktori Srojiddinov Fazliddin Nuriddinovichni korxona jamoasi 19 yillik xizmatlarini inobatga olgan holda hurmat-ehtirom bilan nafaqaga kuzatishdi.

Shu munosabat bilan 71 yoshini qarshilagan F.Srojiddinov bosh direktorlik lavozimini o‘rinbosari Umidjon Komilovga topshirdi.

2019-yil boshidan buyon bosh direktor o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Umidjon Komilov «Xorazm shakar» MChJ bosh direktorligiga tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring