Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xolmatov WBA chempionlik kamari uchun kechgan jangda yutqazib qo‘ydi

Xolmatov WBA chempionlik kamari uchun kechgan jangda yutqazib qo‘ydi

Otabek Xolmatov jang tugashiga 7 soniya qolganda WBA chempionlik kamarini yutqazib qo‘ydi.

U yarim yengil (-57,15 kg) vazn toifasi, WBA yo‘nalishida jahon chempionlik kamari uchun Raymond Fordga qarshi ringga chiqqan edi.

11 raundga ko‘ra hakamlar Otabekning g‘alabasini qayd etib turgandi. Ammo jang tugashiga 20 soniya qolganda Otabek Xolmatov texnik nokautga uchradi.

Shunday qilib, jang 12-raund tugashiga 7 soniya qolganida yakuniga yetdi. Bu o‘zbekistonlik bokschining faoliyatidagi birinchi mag‘lubiyatiga aylandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring