Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xo‘jayli tumani DSI binosida portlash sodir bo‘ldi. Bir kishi halok bo‘ldi

Xo‘jayli tumani DSI binosida portlash sodir bo‘ldi. Bir kishi halok bo‘ldi

25-yanvar, chorshanba kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani davlat soliq inspeksiyasi qoshidagi oshxonada chaqnash hodisasi sodir bo‘lgan.

Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Xabarda aytilishicha, ertasi kuni, 26-yanvarda DSI binosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov hamda Xo‘jayli tumani hokimi J. Yermashov tuman sektor rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari hamda fuqarolar ishtirokida mazkur hodisaning sabablari va oqibatlarini muhokama qilish maqsadida uchrashuv o‘tkazgan.

Uchrashuvda qayd etilishicha, hodisa natijasida bir fuqaro olgan tan jarohati oqibatida hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot qilgan hamda ikki fuqaro tan jarohati olib, Xo‘jayli tumani tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring