Xo‘jayli hokimi murojaatlarni «Telegram» orqali qabul qilmoqda
Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tuman hokimi Jengis Yermashev aholi murojaatlarini «Telegram» messenjeri orqali qabul qilmoqda. Hokimlik guruhida hozirda 4 ming 903 nafar faol foydalanuvchi bor.
«Xo‘jayli tumani hokimiga elektron murojaat» guruhini hokimning o‘zi kuzatib boradi va murojaatlarning hal etilishi va ko‘rib chiqilishini nazorat qiladi, deb xabar bermoqda «Kar24.uz».
Guruhga a’zo bo‘lish uchun messenjerda «@hokimgamurojaat» so‘zini qidirish lozim.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter