«Xoja Ahror valiy» jome’ masjidida ayollar uchun namozxona ochildi

Ayollar uchun alohida tahoratxona ham ajratilgan.
Poytaxtimizning Chorsu dahasida joylashgan «Xoja Ahror valiy» jome’ masjidida ayollar uchun namozxonalar ochildi. Bu haqda «Islom.uz» xabar bermoqda.
Shuningdek, ayollar uchun alohida tahoratxona ham ajratilgan bo‘lib, muslimalarga namozlarni o‘z vaqtida ado etishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi. Kelgusida shu kabi odamlar gavjum bo‘ladigan barcha joylarda, shuningdek, barcha masjidlarda ayollar uchun namozxonalar tashkillashtirish rejalashtirilgan.
Alloh taolo masjid rahbariyati hamda bu ishga hissa qo‘shgan barcha mutasaddi birodarlarimizni ushbu namozxonalarda o‘qilgan har bir namozdan, har bir ibodatdan hosil bo‘lgan ajru savoblardan bahramand qilsin!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter