Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xodimning o‘z hisobidan oladigan mehnat ta’tillari muddatiga cheklov kiritildi

Xodimning o‘z hisobidan oladigan mehnat ta’tillari muddatiga cheklov kiritildi

Joriy yil 14-fevral kuni qabul qilingan Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun bilan ish haqi saqlanmaydigan ta’til muddati cheklandi.

Avvallari ish haqi saqlanmaydigan ta’til berilayotganda, oxirgi marta olingan ta’tildan hisoblab bir yil ichida uzluksiz yoki jami 3 oydan ortiq bo‘lmasligi kerak bo‘lsa, endilikda ish haqi saqlanmaydigan ta’til bir yillik davr mobaynida jami 3 oydan ortiq bo‘lmasligi kerak.

Shu bilan birgalikda, yangi tartibga ko‘ra, har yilgi mehnat ta’tili vaqti uchun haq to‘lashda yakshanba kunlari inobatga olinmaydi (ilgari yakshanba kunlari ham ta’til hisoblangan).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring