Xitoyning temir yo‘l politsiyasi «aqlli» ko‘zoynaklar yordamida 7 nafar qochoqni qo‘lga oldi
![Xitoyning temir yo‘l politsiyasi «aqlli» ko‘zoynaklar yordamida 7 nafar qochoqni qo‘lga oldi](https://static.xabaruz.com/crop/2/9/720_460_95_2960742739.png)
Xitoy politsiyasi xodimlari «aqlli» ko‘zoynaklardan foydalanmoqda.
2014-yilda «Google», «Lenovo», «Microsoft» va «China Aeronautics Consortium» o‘zaro birlashib, «LLVision» kompaniyasiga asos solgandi. 2015-yilda esa «LLVision» GLXSS «aqlli» ko‘zoynaklarini taqdim etgandi, deb xabar berdi «Hi-News».
Mazkur «aqlli» ko‘zoynaklardan hozir Xitoy politsiyasi xodimlari foydalanmoqda. Fevral oyining boshida «aqlli» ko‘zoynaklar bilan jihozlangan politsiyachilar Chjenchjoudagi temir yo‘l vokzaliga kelib, qalbaki hujjati bor yo‘lovchilarni tekshirishdi.
GLXSS ko‘zoynaklari «Android» bazasida ishlaydi. Unda ma’lumotlar qayta ishlanadi va ular hukumat bazasidagi ma’lumotlar bilan solishtiriladi. Endilikda stansiyadagi barcha politsiyachilar yo‘lovchilar shaxsini aniqlashda «aqlli» ko‘zoynaklardan foydalanmoqda. Bugunga kelib Xitoy politsiyasi 7 nafar qochoqni va hujjatini qalbakilashtirgan 26 nafar fuqaroni mazkur stansiyada qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldi.
GLXSS ko‘zoynaklari nafaqat politsiyada, balki logistika, xavfsizlik va tibbiyotda ham qo‘llanilmoqda. GLXSS to‘rt yadroli «Cortex-A7» protsessori bilan jihozlangan bo‘lib, uning tezkor xotirasi 1 gigabaytga, ichki xotirasi esa 16 gigabaytga teng. 8 megapikselli kamerasi esa 1080 formatida videolarni yozib olishga qodir. Shu kabi barcha funksiyalari bilan ko‘zoynakning og‘irligi 55 grammga teng.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter