Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyliklar koronavirusni eng tez aniqlovchi testni ishlab chiqishdi

Xitoyliklar koronavirusni eng tez aniqlovchi testni ishlab chiqishdi

Foto: «Riafan»

Shanxay (Xitoy) Fudan universiteti olimlari koronavirusni aniqlovchi eng tez testni ishlab chiqishdi. Bu haqda «Nature Biomedical Engineering» xabar berdi.

Natijani to‘rt daqiqada bilish mumkin. Ushbu test xuddi laboratoriyaniki kabi aniqligi aytilmoqda.

Sensor virus RNKsini istalgan biologik muhitda topishni uddalaydi. Yangi test ixcham, cho‘ntakda olib yurish qulay.

Yangi ishlanma ko‘ngillilarda — koronavirusga chalinganlar, gripp bilan kasallanganlar va sog‘lom odamlarda sinab ko‘rildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring