Xitoyliklar Amerikaning «SpaceX» raketasi «nusxasi»ni yaratishdi
Xitoy raketa-tashuvchilar texnologiyasi akademiyasi (CALT) ikki bo‘g‘inli metan-suyuqlikli raketa konsepsiyasini taqdim etdi. «Futurism» yozishicha, raketa shubhali darajada tanish.
Jurnalistlar xitoylik raketasozlar slaydlarda ko‘rsatgan tasvirlardagi raketa «SpaceX Starship» kosmik kemasiga juda-juda o‘xshab ketishini yozishdi. Farqi ham bor. Masalan, CALT yasagan raketa Yerning quyi orbitalariga 20 tonna atrofida yuk olib chiqish uchun mo‘ljallangan, «SpaceX» kemasi esa ulkan — 100 tonnalik yuklarni bundan ham olisroq masofalarga olib uchishi rejalashtirilgan. Dvigatellarining ishlashida ham farqlar bor.
Xitoy raketasining tashqi ko‘rinishi hali o‘zgarishi mumkin, chunki hozircha ishlanish jarayonida. Qolaversa, «SpaceX Starship» ham to‘liq tayyor emas. «SpaceX» asoschisi Ilon Maskning aytishicha, bu ulkan raketalar kelgusida «Falcon 9» va «Falcon Heavy» hamda «Dragon V2» yuk va uchuvchili kemalari o‘rnini egallaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter