Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoylik milliarder o‘z kompaniyasini kazinoda bankrotga uchratdi

Xitoylik milliarder o‘z kompaniyasini kazinoda bankrotga uchratdi

Foto: «Samsung-fun.ru»

Xitoyning smartfonlar ishlab chiqaruvchi «Gionee» kompaniyasi asoschisi va rahbari Lyu Liron kazinoda katta pul yutqazib, o‘z kompaniyasini inqiroz yoqasiga olib keldi, deb xabar berildi. Bu haqda «Tech in Asia» nashri yozdi.

Ma’lum qilinishicha, u Saypan orolida joylashgan kazinoda 10 mlrd. yuan ($1,4 mlrd.) atrofidagi pulni yutqazib qo‘ygan.

Tadbirkorning o‘zi esa milliard dollar (qaysi valyutada ekani noaniq) yutqazganini aytdi. U kompaniyaga tegishli pullardan ham ishlatganiga iqror bo‘ldi. Kompaniya pullaridan qancha olgani esa dekabr oyida, kompaniyaning bankrotligi rasmiylashtirilishi jarayonida ochiqlanadi.

«Gionee» kompaniyasiga 2002-yili asos solingan, dastlab simli telefonlar ishlab chiqargan kompaniya keyinchalik smartfonlarni tayyorlashni o‘zlashtirdi.

Ammo kompaniya arzon qurilmalar ishlab chiqaruvchilar bilan raqobatlasha olmadi, xalqaro bozorga ham yo‘l topa olgani yo‘q. Rahbariyat omadsizliklarni marketingga haddan ziyod ko‘p mablag‘ sarflangani bilan izohladi. 2016-yildan beri «Gionee» har oyni $29 mln. zarar bilan yakunlamoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring