Eng ko‘p sotilgan smartfonlar nomlari e’lon qilindi (top-10)
«Canalys» tahlil kompaniyasi 2020-yilning uchinchi choragida eng ko‘p sotilgan smartfonlar reytingini e’lon qildi. Ro‘yxatga o‘nta telefon kiritilgan.
Reytingdagi beshta o‘rin «Samsung» modelidagi smartfonlarga tegishli. Bular asosan «Galaxy A» turkumiga kiruvchi qurilmalar. Shunga qaramasdan, yetakchilik «iPhone 11» foydasiga — shu davrda dunyo bo‘ylab bu turdagi ayfonning 16 million donasidan ortig‘i sotilgan.
Ikkinchi o‘rinda ham «Apple» mahsuloti — «iPhone SE». Ko‘p sotilish borasida «Samsung Galaxy A21s» deyarli unga yetib olgan.
Reytingdagi qolgan smartfonlar «Xiaomi» tomonidan ishlab chiqarilgan.
Umuman olganda, global smartfonlar bozorida «Samsung» 23 foizlik ulush bilan yetakchi, ikkinchi o‘rinda — «Huawei» (14,9 foiz), uchinchi — «Xiaomi» (13,5 foiz).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter