Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoydagi zilzila to‘lqini O‘zbekistongacha keldi

Xitoydagi zilzila to‘lqini O‘zbekistongacha keldi

Bugun, 28 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 00:58 da (27.11.2022 yil, Grinvich bo‘yicha 19:58 da) Xitoyda zilzila sodir bo‘ldi.

Zilzila koordinatalari: 39,94 gradus shimoliy kenglik; 74,52 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,2. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 471 km janubiy-sharqda.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, yer qimirlashi O‘zbekiston hududida ham sezilgan:

Andijon viloyatida 3 ball, 206 km.

Farg‘ona viloyatida 3 ball, 238 km.

Namangan viloyatida 2-3 ball, 268 km.

Toshkent viloyatida 2 ball, 454 km.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring