Xitoy iqtisodiyoti o‘sadi, biroq inflyasiya kuchayadi
Xitoyda 2019-yili yalpi ichki mahsulot 6-6,5 foiz atrofida o‘sishi kutilmoqda. «RIA Novosti» ushbu raqamlarni mamlakatni rivojlantirish ijtimoiy-iqtisodiy rejasidan keltirmoqda.
2018-yili ichki talab kamayishi va AQSh bilan savdo-iqtisodiy mojaro sabab Xitoy yalpi ichki mahsuloti o‘sish sur’ati 1990-yilgi minimumga tushib ketdi.
Xitoyda 2019-yilda inflyasiya 3 foizgacha kuchayishi ham kutilyapti. 2018-yil yakuniga kelib, inflyasiya 2,1 foizga o‘sdi, biroq hukumat 3 foizlik inflyasiya yuz berishini ham nazardan soqit qilmayapti.
XXR davlat budjeti defitsiti 2019-yili 2,76 trln. yuan ($411 mlrd. atrofida) yoki yalpi ichki mahsulotining 2,8 foizini tashkil etishi kutilmoqda.
Yuqoridagi raqamlar mamlakat budjeti loyihasida keltirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter