Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda virusning yangi «o‘chog‘i» aniqlandi (foto)

Xitoyda virusning yangi «o‘chog‘i» aniqlandi (foto)

Foto: «mirror.co.uk»

Xitoyda mo‘ynali hayvonlar boqiladigan fermer xo‘jaliklari hayvonlarni saqlash uchun mos bo‘lmagan sharoitlar tufayli viruslar ko‘payishiga xizmat qiluvchi yangi o‘choqqa aylanishi mumkin. Bu haqda ekspertlarning xulosalariga asoslanib Mirror xabar qildi.

Mo‘ynali hayvonlar boqiladigan 13-fermani o‘rganish davomida mutaxassislar ushbu manzillar yangi «xafvli pandemiya» uchun «vaqt bombasi» degan xulosaga kelishgan.

Foto: «mirror.co.uk»

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, kasal hayvonlar kichik kataklarda saqlanadi. Fermalardan birida rakun hayvonlari topilgan, ular elektr toki urishi sababli shol bo‘lib qolgan va shundan so‘ng bir qancha vaqt o‘tib nobut bo‘lishgan.

Tadqiqotchilar, shuningdek, ushbu fermer xo‘jaliklaridagi hayvonlar doimiy stressda, bu esa «virus tarqalishi» ko‘lamini oshiradi, deb hisoblashadi. Shu munosabat bilan mutaxassislar hayvonlarni bir-biriga yaqin tutiladigan zoologik fermalar va bozorlarni zudlik bilan yopish va taqiqlash kerak, deb hisoblashadi.

Foto: «mirror.co.uk»

10-mart kuni avstraliyalik va xitoylik olimlar Xitoyning janubi-sharqidagi Yunnan provinsiyasining mintaqalaridan birida yashovchi ko‘rshapalaklar biomaterialini keng miqyosda o‘rganish davomida koronavirusning SARS-CoV-2 bilan bog‘liq to‘rtta genomini topgani ma’lum bo‘lgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring