Xitoyda skuterlar sabab natriy-ion batareyalari ommalashmoqda

Xitoy elektr skuterlar orqali natriy-ion batareyalarini joriy etishda dunyoda peshqadamlik qilmoqda. Bu batareyalar odatdagi litiy-ion yoki qo‘rg‘oshin-kislota akkumulyatorlari o‘rnini bosadi. Natriy esa dengiz tuzidan olinadigan arzon va ko‘p tarqalgan element hisoblanadi.
Hanchjou shahrida «Yadea» kompaniyasi uchta natriy batareyali yangi skuter modelini taqdim etdi. Ularning quvvatini 15 daqiqada 80% gacha zaryadlash yoki QR-kod orqali batareyani almashtirish mumkin. Kompaniya 150 mingta yetkazib beruvchi bilan Shenchjenda sinov dasturini boshlagan.
Natriy-ion batareyalari:
xavfsizroq, kamroq qiziydi;
sovuqda yaxshi ishlaydi;
litiyga qaraganda arzonroq va atrof-muhitga kamroq zararli;
Ammo energiya sig‘imi pastroq, ya’ni avtomobillarda foydalanishga unchalik qulay emas.
Xitoyda 2023-yilda 55 milliondan ortiq ikki g‘ildirakli elektr vositalari sotilgan. Bu esa natriy-ion texnologiyasini tez ommalashtirish imkonini beradi. 2030 yilga borib Xitoydagi skuterlarning 15 foizi natriy batareyali bo‘lishi prognoz qilinyapdi (2023-yilda bu atigi 0,04% edi).
Shuningdek, Xitoy natriy batareyalarini energiya saqlash stansiyalarida ham qo‘llamoqda. Ular quyosh va shamol elektr energiyasini saqlashda foydali, chunki harakatlanmaydigan tizimlarda batareyaning og‘irligi muammo emas.
Agar narx pasaysa, bu texnologiya global bozorda litiyga muqobil bo‘lishi mumkin. Ammo hozircha narx 60% qimmatroq, lekin farq tez orada kamayishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter