Xitoyda internetdan foydalanuvchilar soni 1 milliarddan oshdi
2024-yilning iyun oyi oxiriga kelib, Xitoyda internet foydalanuvchilari soni deyarli 1,1 mlrdga yetdi, 2023-yil dekabridan beri 7,42 million nafar yangi foydalanuvchi paydo bo‘ldi.
Yangi foydalanuvchilarning 49 foizi — 10 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lganlar.
Xitoyda qisqa videolar segmenti, ayniqsa, shiddat bilan rivojlanmoqda. Shunga moslashtirilgan ilovalarni jami internet foydalanuvchilarining 37,3 foizi ishlatmoqda.
Xabarga ko‘ra, Xitoy qatorasiga 10-yil yuqori darajali davlat domenlari soni bo‘yicha yetakchilikni qo‘ldan bermay kelmoqda, iyunda bunday domenlar soni 19,56 milliontani yoki Xitoyda ro‘yxatga olingan saytlarning 61,4 foizini tashkil etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter