Xitoyda bilim yurtiga hujum oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
Xitoyda pichoq bilan hujum uyushtirilishi oqibatida kamida 8 kishi halok bo‘ldi, 17 kishi jabrlandi. Bu haqda politsiya xizmatiga asoslanib «Sinxua» axborot agentligi xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, hujum bilim yurtida ro‘y bergan. Baxtsiz hodisa haqida hozircha boshqa tafsilotlar keltirilmagan.
To‘ldirilgan xabar!
CCTV xabariga ko‘ra, mudhish hodisa Usi shahridagi Szyannan universitetida sodir bo‘lgan.
Universitetning hujumda gumon qilingan 21 yoshli talabasi Syuy Moutszin qo‘lga olingan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u o‘qishdan haydalgani uchun o‘ch olish maqsadida universitetga pichoq bilan kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter