Xitoy tibbiyot anjomlari eksportidan salkam $20 mlrd. daromad oldi

Xitoy 2020-yilning ikki yarim oyi mobaynida (1-mart — 16-may) tibbiyot buyumlari sotishdan 134,4 mlrd. yuan ($19,5 mlrd.) daromad oldi. Bu haqda XXR bojxona xizmati ma’lumot berdi.
Xabarga ko‘ra, shu davrda Xitoy xorijga 509 mln. dona niqob, 216 mln. dona himoya kiyimi, 810,3 mln. juft ko‘zoynak, koronavirusdan test olish uchun 162 mln.ta test, o‘pkani sun’iy ventilyasiyalovchi 727 ming dona apparat, 264,3 mln. dona infraqizil nurli termometr, 10,4 mln. juft tibbiyot qo‘lqopi eksport qilgan.
Asosiy xaridorlar — AQSh, Germaniya, Yaponiya, Fransiya va Italiya.
O‘tayotgan haftada Yevropaning ayrim mamlakatlari, xususan, Polsha va Niderlandiya Xitoyning sifatsiz niqoblaridan shikoyat qilishgandi. 10 million dona niqob Yevropa ittifoqi tomonidan markazlashgan tartibda xarid qilingandi.
Qolaversa, Ispaniya Xitoyning sifatsiz testlarini qaytarib yuborgan. Keyinchalik Turkiya ham xitoyliklarning ekspress-testlaridan voz kechdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter