Xitoy tezyurar «Buyuk temir yo‘l»ini ishga tushirdi
Xitoyda bugun, 10-iyul kuni Tyanszin va Gonkong shaharlarini tutashtiruvchi tezyurar temir yo‘l ishga tushirildi. Bu haqda Sinxua xabar berdi.
Mahalliy vaqt bilan soat 10:58 da Tyanszindan chiqqan 1 100 yo‘lovchilik «G305» tezyurar poyezdi oradan o‘n soat o‘tib Gonkongga yetib borishi kerak. Oradagi masofa — 2450 kilometr.
Tyanszindagi G‘arbiy vokzal direktori o‘rinbosari Jen Xunsyuanning aytishicha, poyezdga chiptalar sanoqli daqiqalarda sotilib ketgan. Ikkinchi klass vagonlar uchun chipta narxi — 1092,5 yuan ($159 atrofida).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter