«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li qurilishida hamkorlikka doir Bitim tasdiqlandi
Joriy yil 8 iyul kuni Prezidentning PQ-247-son qarori bilan Xitoy Hukumati, Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Hukumati o‘rtasida «Xitoy – Qirg‘iziston –O‘zbekiston» temir yo‘li loyihasini birgalikda amalga oshirishda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlandi.
Bitim 2024-yil 6-iyun kuni Pekin shahrida imzolangan.
Qarorga muvofiq, transport vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter