Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy, O‘zbekiston va Qirg‘iziston Rossiyani aylanib o‘tuvchi temir yo‘l quradi

Xitoy, O‘zbekiston va Qirg‘iziston Rossiyani aylanib o‘tuvchi temir yo‘l quradi

Xitoy, O‘zbekiston va Qirg‘iziston Sian shahrida bo‘lib o‘tgan sammitda Rossiya hududini aylanib o‘tuvchi temir yo‘l qurish bo‘yicha keyingi qadamlar bo‘yicha uch tomonlama hujjat imzoladi.

Temir yo‘l Torugart dovonidan boshlanadi. Agar loyiha ishga tushsa, ushbu mamlakatlar xalqaro sanksiylar ostida qolgan Rossiya va Belarusni chetlab o‘tgan holda Yevropaga chiqish uchun qisqaroq yo‘lga ega bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, 2022 yil 14 sentyabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tgan ShHT sammiti doirasida yangi yo‘l qurish bo‘yicha kelishuv imzolangan edi.

Yangi hujjat loyihani amalga oshirishning keyingi bosqichlarini, xususan, batafsil loyihani ishlab chiqish, tadqiqot va investitsiya va moliyalashtirish modelini aniqlashni belgilaydi.

Eurasianet.org nashrining aniqlik kiritishicha, temir yo‘l Qirg‘izistonning Torugart dovonidan boshlanib, u yerda Xitoydan temir yo‘l allaqachon o‘tgan va shimolga Arpa va Makmal aholi punktlari orqali Jalolobodga o‘tib, O‘zbekiston temir yo‘l tarmog‘i bilan bog‘lanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring