Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy nega AQSh harbiy-dengiz kuchlari kemalarining maketlarini yasadi? (Foto)

Xitoy nega AQSh harbiy-dengiz kuchlari kemalarining maketlarini yasadi? (Foto)

Foto: «USNI News»

XXR harbiylari raketa zarbalarini mashq qilish uchun Takla-Makan cho‘lida AQSh harbiy-dengiz kuchlari kemalarining maketlarini barpo etishdi. Bu haqda 7-noyabr kuni AQSh Harbiy-dengiz institutiga tegishli «USNI News» portali Amerikaning Maxar Technologies kompaniyasi taqdim etgan koinotdan olingan suratlarga tayanib ma’lum qildi.

Kadrlarda samolyot tashuvchi kemaning to‘liq miqyosdagi maketlari, Arleigh Burke toifasidagi boshqariladigan raketalarga ega ikkita esminets qayd etilgan. «Kemalar» tabiiy kattalikda tayyorlangan.

Maketlar Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasi raketa otishmalarini olib boruvchi poligon yaqinida joylashgan. Masalan, u yerda DF-21D kemaga qarshi ballistik raketasining dastlabki versiyasi sinovdan o‘tkazilgan.

14-17-oktyabr kunlari Yaponiya dengizida Rossiya-Xitoy o‘rtasida «Dengizdagi hamkorlik – 2021» mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Ikki davlat kemalari ekipajlari qo‘shma taktik manyovrlar, otryadlarning minalarga qarshi choralarini ishlab chiqdi, dengiz nishonlariga artilleriyadan o‘q otishdi, dushmanning soxta suv osti kemasini qidirib bloklashdi.

Rossiya harbiy-dengiz flotidan Tinch okean flotining harbiy kemalari va yordamchi kemalari, jumladan, «Admiral Panteleyev» katta suv osti kemasiga qarshi kemasi, 20380 loyihasining «Rossiya Federatsiyasi Qahramoni Aldar Sidenjapov» va «Gromkiy» korvetlari, ikkita bazaviy mina qo‘riqlash kemalari, 877 Ust-Bolsheretsk loyihasining suv osti kemasi va raketa qayig‘i va qutqaruv kemasi jalb qilindi.

Xitoy dengiz kuchlarini Kun Ming va Nan Chang esminetslari, birlashtirilgan ta’minot kemasi, qutqaruv kemasi, dizel suv osti kemasi, «Bin Chjou» va «Lyu Chjou» korvetlari taqdim etdi.

Rossiya-Xitoy o‘quv mashg‘ulotlariga dengiz komponentidan tashqari ikki mamlakat harbiy-dengiz kuchlarining 12 ta samolyoti va vertolyotlari jalb qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring