Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonning uchta hududida quyosh fotoelektr stansiyasi quradi

Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonning uchta hududida quyosh fotoelektr stansiyasi quradi

O‘zbekiston Xitoy kompaniyasi bilan umumiy quvvati 2000 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzoladi. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 15-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiya a’zolarining Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrifi doirasida Qashqadaryo, Buxoro va Samarqand viloyatlarida umumiy quvvati 2000 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha CEEC ENERGY CHINA kompaniyasi bilan anglashuv memorandumi imzolangan.

Mazkur memorandum doirasida Xitoy kompaniyasi tomonidan yurtimizga 2 mlrd dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritiladi.

Ushbu quyosh fotoelektr stansiyalarining ilk quvvatlari joriy yil yakuniga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, stansiyalar 2024-yilda to‘liq quvvat bilan ishlay boshlaydi.

Buning natijasida yiliga 5,2 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, 1,4 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.

Tomonlar ushbu yirik loyihalarning istiqbollari va tez fursatlarda stansiyalar qurilish ishlarini jadal sur’atlarda amalga oshirishga kelishib oldilar.


Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring