Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xiaomi yangi smartfonlarini namoyish qildi

Xiaomi yangi smartfonlarini namoyish qildi

Xiaomi kompaniyasi 12S va 12S Pro smartfonlari sotuvga chiqarilishini e’lon qildi. 

Har ikkala smartfonga Snapdragon 8 Plus Gen 1 protsessori o‘rnatilgan.

Xiaomi 12S diagonali 6,28 dyuymli AMOLED-ekranga ega. U 50, 13 va 5 Mp kameralar bilan jihozlangan. Smartfon 8K o‘lchamda videoga olishi mumkin. Akkumulyator sig‘imi 4500 mAs bo‘lib, u simli va simsiz quvvatlanish xususiyatiga ega.

Xiaomi 12S Pro smartfoniga 6,73 dyuymli LTPO texnologiyasida tayyorlangan ekran o‘rnatilgan. Uning asosiy kamerasi 50 Mp bo‘lib, yana ikkita 50 Mp kameraga ega. Akkumulyator sig‘imi 4600 mAs. 

Smartfonlar dastlab Xitoyda sotilishi boshlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring