Xiaomi birinchi planshetini taqdim etdi
Xiaomi kompaniyasi o‘zining birinchi plansheti — Redmi Padni Hindistonda taqdim etdi.
Planshet korpusi to‘lig‘icha alyuminiydan ishlangan, shuning uchun iPad Air kabi yengil — 465 g. IPS-displeyi — 10,6 dyuymli, yangilanish sur’ati — 90 Gs, tasvir imkoniyati — 2K.
Redmi Pad ushbu qurilmaga qo‘shib debyut qilgan Helio G99 (ishlab chiqaruvchi — MediaTek) protsessorida ishlaydi. Planshet xotirasi: operativ — 6 GB, doimiy — 128 GBgacha. Xotirani microSD-karta bilan oshirish mumkin.
Kamera: asosiy — 8 Mp, selfi — 8 Mp. Akkumulyator — 8000 mAs, quvvatlagich — 18 Vt.
Narxlar:
- 3/64 GB — 11 700 hind rupiyi (145 dollar atrofida)
- 4/128 GB —13 500 hind rupiyi (165 dollar atrofida)
- 6/128GB — 15 300 hind rupiyi (188 dollar atrofida).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter