Xiaomi aylanadigan kamerali smartfon tayyorlamoqda
Tarmoqlarda Xiaomi kompaniyasining yangi patent olgani haqida ma’lumotlar tarqaldi. Unga ko‘ra, kompaniya aylanadigan tashqi kameraga ega mobil qurilmani tayyorlayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.
Qurilma old kamera modulidan xoli bo‘ladi. Uning o‘rniga asosiy orqa kamerada o‘z joyini o‘zgartira oladigan sensor o‘rnatiladi. Old sensor kerak paytda uzaytiriladi.
Yangi dizaynning maqsadi tushunarli. Ishlab chiqaruvchi imkon qadar ekran uchun ko‘proq joy ochishni istagan. Bu ixtiro yordamida smartfon ekrani old panelni to‘liq qoplaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter