Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xavi dunyodagi eng kuchli murabbiy kimligini aytdi

Xavi dunyodagi eng kuchli murabbiy kimligini aytdi

Foto: Global Look Press.

«Barselona» bosh murabbiyi Xavi dunyoning eng yaxshi murabbiyi kim ekanligi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda Marca nashri yozmoqda. 

«Menimcha, Gvardiola murabbiylar ichida eng yaxshisi. U doimo futbolga qandaydir innovatsion narsalarni kiritadi. Uning qo‘l ostida o‘ynagan klublarning barchasi yaxshilandi», — deydi Xavi.

Hozirda Gvardiola murabbiylik qilayotgan «Manchester Siti»ga qadar mutaxassis «Bavariya» va «Barselona» klublarini boshqargan. Ispaniyada u jamoani to‘rt marta chempionlikka olib chiqdi, to‘rt marta mamlakat kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Kataloniya jamoasi ikki marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi.

Germaniyada uning qo‘l ostida «Bavariya» uch marta mamlakat chempionligi va kubogini qo‘lga kirita oldi.

Avvalroq, Messi yozgi transfer vaqtida «Barselona»ga qaytmoqchi ekani xabar berilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring