Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Til haqidagi hazil rossiyalik murabbiyga qimmatga tushdi

Til haqidagi hazil rossiyalik murabbiyga qimmatga tushdi

Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov (2016-2021-yillarda Rossiya terma jamoasini boshqargan) qozoq tili haqidagi hazildan so‘ng 738,4 ming tenge (taxminan 1500 dollar) miqdorida jarimaga tortildi.

13-oktyabr kuni Millatlar ligasida Sloveniyaga mag‘lub bo‘lgach (0:1) Cherchesov o‘ziga qozoq tilida savol bergan jurnalistga «Siz fransuzcha gapiryapsizmi?» deya javob bergan. 

Mamlakat Turizm va sport vazirligi hodisaga munosabat bildirgan va tushuntirish talab qilgan. Qozog‘iston futbol federatsiyasi buni hazil ekanligini, Cherchesov qozoq tiliga katta hurmat bilan qarashi va uni faol o‘rganayotganini tushuntirdi.

Bu Cherchesov bilan sodir bo‘lgan birinchi voqea emas. Iyun oyida u qozoq tilida berilgan savolga osetin tilida javob berishni taklif qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring