Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xavfsizlik kamari tarixini bilasizmi?

Xavfsizlik kamari tarixini bilasizmi?

Xavfsizlik kamari – himoya vositasi bo‘lib, haydovchi yoki yo‘lovchini yo‘l-transport hodisasi, to‘qnashuv yoki keskin to‘xtash sodir bo‘lganda ushlab qolishga mo‘ljallangan. To‘qnashuv sodir bo‘lganda xavfsizlik kamari old va orqa o‘rindiqdagi yo‘lovchi yoki haydovchi uchun o‘lim havfini to‘qnashuvning turiga qarab 2 baravarga, to‘qnashgan vosita ag‘darilgan vaqtda 5 baravarga kamaytiradi.

Ushbu kamar tarixi haqida O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati ma’lumot berib o‘tdi.

XIX asr boshida ingliz olimi Djorj Keyli tomonidan xavfsizlik kamarini qo‘llash taklifi berilgan.

1885 yil AQShda ilk bor ushbu moslamaga patent berilgan.

1903 yil Luis Reno besh nuqtali xavfsizlik kamarini ixtiro qilgan.

1909 Angliyada spiral prujina va katta lentali yo‘lovchini o‘rindiqda ushlab qolishga mo‘ljallangan xavfsizlik moslamasi ixtiro qilingan.

1913 yil aviatsiya tarixida xavfsizlik kamarini ilk bor Adolf Pegu qo‘lladi, ammo, 1930 yilga kelib xavfsizlik kamari samolyotlarda qo‘llanilishi to‘xtatilgan.

1920 yilning boshida xavfsizlik kamaridan poygachilar foydalana boshlaganlar.

Ammo o‘sha vaqtlardagi xavfsizlik kamarlari kundalik foydalanish uchun nokulay bo‘lganligi sababli avtomobillar orasida ommalashmagan.

1950 yillar oxirida «Volvo» shved avtomobil kompaniyasi xavfsizlik injeneri Nils Bolin uch nuqtali xavfsizlik kamari ixtiro kildi. Yillab sinovlardan so‘ng Bolin, yo‘lovchilarni yelkasidan bel kismigacha tortilgan kamar eng qulayi deb xulosa qildi. Qolaversa, bunday xavsizlik kamari bir qo‘l bilan taqishga qulay. Bunday yangi xavfsizlik kamarlarini «Volvo» 1959 yilda namoyish qildi.

1957 yil Shvetsiya xavfsizlik kamari taqish majburiyatini qonunga kiritgan birinchi mamlakat bo‘ldi.

1961 yil Amerikaning Viskonsin shtati shvedlarga izdoshlik qildi.

1970 yilning 1 aprelida Fransiya avtomobil ishlab chiqaruvchilarni yangi avtomobillarni old o‘rindig‘iga xavfsizlik kamari o‘rnatishni joriy qildi. Shu yilda Kot-d’Ivuar (Fil Suyagi Qirg‘og‘i) respublikasi va Avstraliya shtati Viktoriya ham shu qonunni joriy qilishdi.

SSSRda 1970 yildan boshlab barcha yangi yengil avtomobillar kamarlar o‘rnatish uchun maxsus joy bilan jihozlana boshladi, ammo ommaviy tarzda xavfsizlik kamari ishlab chiqarilishi faqat 1974 yilga kelib tashkil etilgan.

Vaqtlar o‘tib xavfsizlik kamari kostruksiyasi takomillashtirildi va endilikda nafaqat old, balki, orqa o‘rindiqlarda ham qo‘llanilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring