Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Xavfsiz» smartfon taqdim etildi: kamera va GPS yo‘q

«Xavfsiz» smartfon taqdim etildi: kamera va GPS yo‘q

Foto: «Gagadget»

Amerikaning Benco brendi ostida tanilgan «INONE Technology» kompaniyasi boshqa smartfonlarga o‘xshamaydigan qurilmasini taqdim etdi — Benco V80s. Smartfonda kamera va GPS yo‘q, yozmoqda «GSMarena».

Ishlanma mualliflari bu smartfon o‘z shaxsiy hayoti daxlsizligini hamma narsadan ustun qo‘yuvchi odamlar uchun mo‘ljallangan, deyishmoqda.

Mazkur smartfon foydalanuvchilarini virusli dasturlar, masalan, malware surveillance vositasida kuzatish imkonsiz, deyilmoqda.

Kamera va GPS yo‘qligini hisobga olmaganda, bu smartfon boshqalaridan deyarli farq qilmaydi.

4G standartni qo‘llaydi, 6,517 dyuymli ekran (1600×720 piksel)ga ega.

Barmoqlar skaneri bor, sakkiz yadroli Imagination GE8322 protsessori 1,6 GGs chastotada ishlaydi, operativ xotirasi — 3/4 GB, ichki xotirasi — 32/64 GB.

Benco V80s da microSD kartalar uchun slot mavjud, batareyasi sig‘imi — 5000 mAs.

Smartfon Android 11 amaliy tizimida ishlaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring