Xavfli virusning yangi shtammi Yevropaning 22 davlatiga tarqalib bo‘ldi
Mutatsiyaga uchragan COVID-19 shtammi Yevropaning 22 mamlakatida aniqlandi. Bu haqda bugun, 7 yanvar kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge ma’lum qildi.
«Barcha viruslar singari COVID-19 virusi ham vaqt o‘tishi bilan o‘zgardi. Men SARS CoV-2 (VOC) bo‘yicha yuzaga kelayotgan xavotirni tushunaman. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqasidagi 22 mamlakati ushbu yangi variantni aniqladi», — dedi Klyuge Twitter orqali translyasiya qilingan JSST brifingida.
Uning qo‘shimcha qilishicha, yangi shtamm tezroq tarqalmoqda, ammo kasallikning o‘zi o‘zgarishsiz kechmoqda. Mutatsiyaga uchragan variant turli yoshdagi odamlarda uchramoqda, bolalar katta xavf ostidagi guruhga kirmaydi.
Klyugening so‘zlariga ko‘ra, Buyuk Britaniyada bo‘lgani kabi Yangi shtamm COVID-19 ning boshqa variantlarini asta-sekin siqib chiqarishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter