Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xavfli kasallikka qarshi yesa bo‘ladigan vaksina yaratildi

Xavfli kasallikka qarshi yesa bo‘ladigan vaksina yaratildi

Foto: «Rueconomics.ru»

Yaponiyaning Tokio universiteti biologlari genetik jihatdan modifikatsiyalangan guruch asosida vaboga qarshi birinchi yesa bo‘ladigan vaksinani ishlab chiqishdi. Ular tadqiqot natijalari bilan The Lancet Microbe jurnalida o‘rtoqlashdi.

Yangi preparat allaqachon ko‘ngillilar tomonidan sinovdan o‘tkazildi, ular orasida anamnezida guruch allergiyasi va vabo kasalligi bo‘lgan odamlar istisno qilindi. Sinovlarda 60 kishi ishtirok etdi, ularning ba’zilari vaksina qabul qilishdi, boshqalariga esa tuzli eritma bilan guruch uni berildi.

Vaksina genetik jihatdan modifikatsiyalangan guruchning maydalangan donalaridan tayyorlangan kukun: biologlar vabo vibrioni DNKsining bir qismini don genomiga joylashtirishdi. Natijada tanada juda ko‘p miqdorda antitanachalar hosil bo‘ladi.

Preparat maxsus saqlash sharoitlarini talab qilmaydi.

Olimlar vaksinani tadqiq qilishni davom ettirish va sinovlarning keyingi bosqichlarini boshlash niyatida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring