Xatirchida ayollar yo‘lni to‘sib qo‘ydi
Navoiy viloyati Xatirchi tumani hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda «Xatirchida norozi xalq bosh ko‘tardi» nomi ostida tarqalgan videoga rasmiy munosabat bildirdi.
Tuman hokimligi tomonidan olib borilgan o‘rganishlar davomida aniqlanishicha, 2021-yil 1-mart kuni Xatirchidagi 9-maktab yonida ota-onalar tomonidan namoyish o‘tkazilgan. Ular yo‘lning qatnov qismiga chiqib olib, tegishli mutasaddilar yetib kelmagunga qadar mashinalar harakatini to‘sib qo‘ygan.
Ta’kidlanishicha, shu kunning o‘zida yarim soat ichida voqeadan xabar topgan tuman hokimi G‘ofir Aliyev hamda tegishli mas’ullar hodisa joyiga borib, murojaatlarni o‘rgangan.
11 nafar ayol o‘z farzandlarini maktabdagi tayyorlov guruhlariga («nulevoy») qo‘yish uchun sinf xonalari yetishmagani tufayli shunday qilishganini qayd etgan.
«Muammolar joyida bartaraf etilib, sinf xonalar va o‘qituvchilar ajratilib, masala ijobiy hal etildi», — deyiladi tuman hokimligi xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter