Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xaridlar nima haqida so‘zlaydi: raqamli markirovkaning iste’molchilar uchun foydasi

Xaridlar nima haqida so‘zlaydi: raqamli markirovkaning iste’molchilar uchun foydasi

Kundalik hayotda xaridlar muntazam ravishda amalga oshiriladi. Bu shunchalik odatiy holga aylandiki, iste’mol savatchasiga aynan nima tushishi haqida kamdan kam odam o‘ylaydi. Impulsiv qaror sizga yomon ta’sir qilishi mumkin — bunda soxta narsani sotib olish xavfi yuqori. Shunda iste’molchining hayoti va sog‘lig‘iga nisbatan xavf yuzaga keladi. Bu, ayniqsa, qadoqlangan suv, alkogolli va alkogolsiz ichimliklar va dori vositalar kabi tovarlar toifalarini sotib olishda dolzarb bo‘lib, bunda standartlardan ozgina chetga chiqish ham sog‘liq uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Va bu yerda yorliqdagi ma’lumotlarni yo‘l-yo‘lakay emas, balki mahsulot tanlashga vazminlik va aql bilan yondashish muhimdir.

Kontrafaktning kutilayotgan tahdidi

Do‘kon peshtaxtalarida ko‘pincha qalbaki mahsulotlarga duch kelish mumkin: shisha idishlardagi suv, sharbatlar va odatiy gazlangan ichimliklardan tortib maishiy texnikagacha, barcha mahsulotlar iste’molchi uchun xavf tug‘dirishi mumkin.

Dori vositalarni sotib olishda kontrafakt mahsulotlarni sotib olish xavfi ayniqsa yuqori: Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, tibbiy mahsulotlarning kamida har o‘ntadan bittasi nostandart yoki qalbakilashtirilgan. Bunday preparatlar tarkibida faol komponentlar bo‘lmasligi yoki xavfli moddalardan tashkil topgan bo‘lishi ham mumkin.

Masalan, qalbaki alkogol tarkibida metanol — iste’mol qilinganda zaharlanish yoki o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan modda bo‘lishi mumkin.

Xuddi shunday, mineral yoki artezian suvi niqobi ostida sotuvchilar ba’zida jo‘mrakdan oddiy suvni taklif qilishadi, bu esa sog‘liqning yomonlashishi va jiddiy kasalliklarning paydo bo‘lishi xavfini tug‘dirishi mumkin.

Hatto maishiy texnikani tanlash ham zamonaviy iste’molchidan alohida ehtiyotkorlikni talab qiladi. Soxta uy-ro‘zg‘or buyumlari, xoh u muzlatgich yoki mikser bo‘lsin, nafaqat moliyaviy yo‘qotishlar xavfini tug‘dirishi, balki odamlarning sog‘lig‘iga ham tahdid solishi mumkin. Bunday tovarlar xavfsizlik tekshiruvidan o‘tmaydi va istalgan vaqtda shunchaki ishdan chiqishi yoki yong‘inga sabab bo‘lishi mumkin.

Raqamli markirovka: yangi xavfsizlik darajasi

Zamonaviy texnologiyalar qalbaki mahsulotlardan himoya qilish uchun samarali yechim —raqamli markirovkani taklif etadi. Maxsus Data Matrix kodi yordamida mahsulot haqida to‘liq ma’lumotni: ishlab chiqaruvchi, mahsulot xususiyatlari va uning ta’minot zanjiri haqidagi ma’lumotlarni tezda olish mumkin. Bu nafaqat haqiqiyligini tekshirish, balki tovarning e’lon qilingan sifat standartlariga muvofiqligiga ishonch hosil qilish imkonini beradi.

Masalan, Asl Belgisi (Android/iOS) ilovasi mahsulotni tekshirish jarayonini qulay va tez qiladi. Kodni skanerlash orqali iste’molchi tovarning qayerda va qachon ishlab chiqarilganligi, sotilmaganligi va yaroqlilik muddati tugaganligi haqida ishonchli ma’lumotga ega bo‘ladi.

Bu sifat tasdig‘iga ega bo‘lmagan kontrafakt va noqonuniy mahsulotlarni sotib olish bilan bog‘liq xatarlarning oldini olishga yordam beradi. Bugungi kunda O‘zbekiston chakana savdosiga raqamli markirovkalash texnologiyalari faol joriy etilmoqda, bu esa ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar o‘rtasidagi shaffoflik va ishonch darajasini oshirmoqda.

Jahon tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, raqamli markirovka tizimlaridan foydalanish qalbaki mahsulotlarni sotib olish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi va iste’molchilar xavfsizligini oshiradi. Axborotning shaffofligi mahsulotning zavoddan peshtaxtagacha bo‘lgan yo‘lini kuzatish, qoidabuzarliklarni aniqlash va muammolarga tezkor javob berish imkonini beradi.

Ongli tanlov - salomatlik garovi

Sifatli va o‘ziga original mahsulotni sotib olish — bu o‘z sog‘lig‘ingizga sarmoya kiritishdir. Mahsulotni tanlashga aql bilan yondashish va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish nafaqat o‘zingizni mumkin bo‘lgan xavflardan himoya qilish, balki ishlab chiqaruvchilarni sifat standartlarini oshirishga undash imkonini beradi.

Raqamli markirovka bugungi kunda xavfsizlik va sifatni qadrlaydigan har bir kishi uchun ishonchli yordamchiga aylanmoqda. O‘z salomatligi haqida qayg‘urish tafsilotlarga e’tibor qaratishdan boshlanadi, raqamli markirovka esa shaffoflik va ishonchning yangi ufqlarini ochadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring