Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xandonpista ozishga va qon bosimini tushirishga yordam beradi

Xandonpista ozishga va qon bosimini tushirishga yordam beradi

Foto: «Upbaby.ru»

Kaliforniya universiteti olimlari xandonpistani muntazam iste’mol qilish ozishga va qon bosimini tushirishga yordam beradi, degan xulosaga kelishdi. Bu haqda «La Vanguardia» nashri xabar bergan.

Tajriba chog‘ida ko‘ngillilarning yarmi to‘rt oy davomida har kuni 40 grammdan xandonpista yeyishdi. Shu bilan birga, tadqiqot ishtirokchilari jismoniy yuklamani oshirishgan, ularning taomnomasi esa kaloriyasini cheklash hisobiga tuzatilgan.

Natijada ko‘ngillilar 5% ortiqcha vazndan hamda bel sohasidagi yog‘dan xalos bo‘lishgan.

Biroq xandonpista yegan tajriba ishtirokchilari qo‘shimcha ustunliklarga ega bo‘lishgan. Ularda arterial qon bosimi pasayishi hamda qonida antioksidant lyutein karotinoidlari, alfa- va beta-karotin darajasi oshishi qayd etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring