Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Xalqlar do‘stligi»da vatanparvarlik festivali boshlandi

«Xalqlar do‘stligi»da vatanparvarlik festivali boshlandi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishiga muvofiq Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yurtimizda davom etayotgan «Vatanparvarlik oyligi» tadbirlari doirasida poytaxtimiz Toshkent shahri markazida joylashgan «Xalqlar do‘stligi» san’at saroyi yonidagi maydonda harbiy vatanparvarlik festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanayotgan Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O‘zbekiston Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya hamda DXX Chegara qo‘shinlari qo‘mondonligi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan festivallar 11, 12, 13 va 14 yanvar kunlari soat 14.00 dan 18.00 ga qadar o‘tkaziladi.

Tadbirlarda taniqli estrada xonandalari va harbiy san’atkorlar tomonidan konsert dasturlari, harbiy texnika va qurol aslaha namunalarining namoyishi, harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari taqdim etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring