«Xalqlar do‘stligi» nomi barcha joylarda qayta tiklanadi (video)
Toshkentning Shayxontohur tumanidagi ko‘cha, «Bunyodkor» metro bekati hamda «Istiqlol» san’at saroyiga «Xalqlar do‘stligi» nomi qaytariladi.
Prezident matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan «Shavkat Mirziyoyev: vaqt o‘tgan sari Shomahmudovlar oilasi ko‘rsatgan qahramonlikning ahamiyati va qadri tobora oshib bormoqda» deb nomlangan videorolikda davlat rahbari ana shu haqda ta’kidlagan.
Urush paytida Ukraina, Belarus va Rossiyadan turli millatga mansub aholi, shu jumladan 1 milliondan aholi, ya’ni, 200 mingdan ziyod yosh bola mamlakatimizga evakuatsiya qilingan. Xalqimiz ularga mehr berib, boshpana, oziq-ovqat, kiyim-kechak bilan ta’minlagan. Juda ko‘p o‘zbek oilalari yetim bolalarni o‘ziga farzand qilib olib, tarbiyalagan. Shulardan biri 14 nafar yetim bolani o‘z tarbiyasiga olgan toshkentlik temirchi Shoahmad Shomahmuduvlar xonadonidir.
Yer yuzida juda kamdan-kam davlat va millat bunday yuksak insoniy fazilat bilan g‘ururlanishi mumkin. Vaqt o‘tgan sari Shomahmudovlar oilasi ko‘rsatgan qahramonlikning ahamiyati va qadri tobora oshib bormoqda.
Tarixiy haqiqatni qaror toptirish, xalqimizning ezgu fazilat va qadriyatlarini abadiylashtirish uchun Shomahmudovlar oilasiga bag‘ishlangan «Xalqlar do‘stligi» deb nomlangan yodgorlik ansamblini poytaxtimiz markazidagi maydonga qaytarsak, adolatli bo‘ladi.
Toshkentning Shayhontoxur tumanidagi ko‘chaga Shomahmudovlar nomi qaytariladi. Metroni ham, san’at saroyini ham, maydonni ham «Xalqlar do‘stligi» deb nomlasak.
Bizning bag‘rikengligimiz ota-onamizdan qolgan va qoladi. Ilohim bolalarimizga ham o‘tsin. Ana shu adolatdan bo‘ladi», — dedi Prezident.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter