O‘zbekiston vakillari xalqaro radiomarafonda ishtirok etdi
Turkiy xalqlarining o‘ziga xos an’analari uyg‘unligini aynan yangilanish va yasharish ayyomi - Navro‘zi olamda ko‘rishimiz mumkin.
«Qazaqstan» RTRK «Qazaq radiolary» tashabbusi bilan Qozoq radiosining 100 yilligi tadbirlari doirasida Navro‘z ayyomiga bag‘ishlab o‘tkazilgan «Navro‘z 2021» to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro radioko‘prigi ham buning yorqin isboti bo‘ldi. Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Eron, Ozarbayjon, Mo‘g‘iliston, Tatariston radiokanallari ishtirok etdi.
Radioko‘prikda qardosh xalqlar jurnalistlari Navro‘z bayrami o‘z yurtlarida nishonlanishi tarixi, Navro‘zning o‘ziga xos udumlari haqida so‘zlashdi. Bahor, Navro‘z vasfiga bag‘ishlangan qo‘shiqlar efirga berildi. Bir biriga yaqin an’analar rang-barang yondoshuvlar bilan sharhlandi.
Ushbu «Navro‘z 2021» xalqaro radioko‘prikda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» radiokanali ham o‘z dasturlari bilan qatnashdi.
- Umuman, olganda bu kabi tadbirlar Navro‘zning falsafasiga, ya’ni ahillik, o‘zaro hamkorlik, jipslashuv kabi umuminsoniy qadriyatlarga hamohang, - deydi «O‘zbekiston 24» radiokanali rahbari Xudoynazar Do‘stqobilov. - Eng muhimi, ushbu «Navro‘z 2021» radioko‘prigi radioeshitirishlar sohasidagi o‘zaro ijodiy hamkorlikning yanada rivojida muhim o‘rin tutadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter