Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalqaro qidiruvdagi jinoyatchi O‘zbekistonda qo‘lga olindi

Xalqaro qidiruvdagi jinoyatchi O‘zbekistonda qo‘lga olindi

U Yevropaning bir qator mamlakatlarida katta miqdorda o‘g‘irlik sodir etgani uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan.

Makedoniyaning Interpol Milliy markaziy byurosi (MMB) ma’lumotlariga asosan hamda O‘zbekiston Interpol MMB xodimlarining tezkor harakatlari tufayli uyushgan jinoiy guruh a’zolaridan biri bo‘lgan, Yevropaning bir qator mamlakatlarida katta miqdorda o‘g‘irlik sodir etgan xalqaro qidiruvdagi jinoyatchi hibsga olindi.

Interpol kanallari orqali tashkil etilgan o‘zaro hamkorlik natijasida jinoyatchi O‘zbekistonda aniqlandi va qo‘lga olindi.

«Bugungi kunda, olib borilgan muzokaralar va olingan tezkor axborotlar tufayli xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs, sodir etgan jinoyatlariga sud oldida javob berish uchun makedoniyalik hamkasblarga topshirildi», deyiladi Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring