Xalqaro mediatur: Yangilanayotgan Jizzax jurnalistlar nigohida (foto)
«Yangilanayotgan Jizzax jurnalistlar nigohida» xalqaro mediaturi ish boshladi.
Tadbir shahar markazidagi Sharof Rashidov haykali poyiga gulchambar qo‘yish, adibni davlat arbobi va ijodkor sifatida tanishtirish anjumanidan boshlandi.
Hamid Olimjon va Zulfiya haykali joylashgan maydondagi she’riyat va madaniyat bayrami avvalgi qismning mantiqiy davomi bo‘ldi. Juftlik ijodkor muzeyidagi Zulfiya va Hamid Olimjonning qo‘lyozmalari, bir zamonlar egnida bo‘lgan kiyimlar eng qiziqarli eksponatlar, deb baholandi.
SBHRAMAM — axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan xalqaro oliy ta’lim universitetidagi uchrashuv tadbirga o‘ziga xoslik bag‘ishladi.
Shu kunning o‘zida o‘nlab jizzaxlik jurnalistlarga O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasiga a’zolik biletlari topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter