Xalqaro festival. Lapar aytganga 3500 dollar beriladi
![Xalqaro festival. Lapar aytganga 3500 dollar beriladi](https://static.xabaruz.com/crop/1/2/720_460_95_1227872505.jpg)
«Nurli navolar» xalqaro folklor festivalini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.
Qaror bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq festival 2018-yildan boshlab har ikki yilda o‘tkaziladi. Festivalda quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha tanlovlar o‘tkaziladi:
— folklor san’ati (alla, o‘lan, lapar, raqs, terma, marosim qo‘shiqlari, xalfachilik va hokazo);
— qo‘g‘irchoqbozlik tomosha san’ati.
Festivalning birinchi bosqichi Madaniyat vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan o‘tkaziladi. Festivalning yakuniy bosqichi esa Navoiy viloyatining Nurota tumanida tashkil etiladi.
Festival g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin (har bir nominatsiya) – 3 500 AQSh dollari;
2-o‘rin (har bir nominatsiya) – 2 500 AQSh dollari;
3-o‘rin (har bir nominatsiya) – 1 500 AQSh dollari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter