Xalq banki bankomatlar sotib olish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi
Aksiyadorlik tijorat Xalq banki bankomatlar sotib olish bo‘yicha tanlov e’lon qildi.
- Tanlov maqsadi: AT Xalq bankiga 24 dona bankomat (Cash out) sotib olish.
- Tanlov komissiyasi ishchi organi manzili: Aksiyadorlik tijorat Xalq banki, 100000, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Qatortol ko‘chasi, 46 uy. Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: Rustamov Eldor (91) 552-33-44.
- Tanlovda ishtirok etuvchilar uchun talab:
- Taklif etilayotgan bankomatlar dasturiy ta’minoti UzCard to‘lov tizimiga mos bo‘lishi (Protsessing markazlari bilan yozishmasi) kerak;
- Bankomatlarning kafolat muddati 1 yildan kam bo‘lmasligi kerak;
- Tanlov shartlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni dushanba-juma kunlari soat 09-00 dan 18-00 ga qadar yuqorida ko‘rsatilgan manzil va telefonlar orqali olish mumkin.
- Tijorat takliflar (texnik talablar bo‘yicha alohida, narxlari bo‘yicha alohida konvertga joylangan va tashkilot muhri bilan muhrlangan bo‘lishi lozim) 2018 yilning 25 oktyabr kuni soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi.
Reklama huquqi asosida
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter