Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xakerlar Kaznetga hujum qilishdi

Xakerlar Kaznetga hujum qilishdi

Foto: pixabay

Internetning Qozog‘iston segmentiga kiberhujumlar bir necha kundan beri davom etmoqda.

Maqsadli kiberhujumlar mamlakatning davlat organlariga ham, Kaznet infratuzilmasiga ham qaratilgan. Kiberhujumlar tufayli internetga ulanishda qiyinchiliklar kuzatilyapti.

«Davlat texnik xizmati» AJga ko‘ra, uzoq muddatli kiberhujumlar mamlakatda va dunyoda davom etayotgan ijtimoiy voqealar bilan bog‘liq deb taxmin qilinmoqda.

28 sentyabr kuni aksar qozog‘istonliklar internetdagi uzilishlar haqida shikoyat qilishgan.

Olmaota va Atirau aeroportlarida internetga ulanish muammoligi sabab, ro‘yxatdan o‘tish qo‘lda amalga oshirilishi natijasida parvozlar kechiktirildi.

25 sentyabr kuni «Davlat texnik xizmati» internetning Qozog‘iston segmentida keng ko‘lamli DDoS-hujumlar qayd etilgani haqida xabar bergandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring