Xakerlar 257 ming nafar «Facebook» foydalanuvchisining ma’lumotlarini internetga qo‘yib yuborishdi
Xakerlar 257 ming nafar «Facebook» foydalanuvchisining ma’lumotlarini internetga qo‘yib yuborishdi. Bu haqda bugun, 2-noyabr kuni «BBC» xabar qildi.
Telekompaniya ma’lumotiga ko‘ra, xakerlar brauzerlar uchun o‘zlari maxsus ishlab chiqqan kengaytmalar hisobiga 120 million nafar «Facebook» foydalanuvchisining ma’lumotlarini qo‘lga kiritishgan.
«Biz «Facebook» foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlarini sotamiz. Bazamizda 120 milliondan ortiq akkauntlar bor, ular har xil mamlakatlarga tegishli», — telekompaniya xakerlarning xabaridan shunday iqtibos keltirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter