«X-37B» raketasi ko‘rib qolindi

Amerika harbiy havo kuchlari maxfiy tarzda koinotga uchirgan va taxminan 7 oydan beri Yer sayyorasida kezib yurgan raketa hollandiyalik bir kishi tomonidan tasodifan ko‘rib qolindi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.
NASAning Kennedi kosmik stansiyasidan uchirilgan «X-37B» rusumli raketani ko‘rgan Jiyz Bassa ismli koinot ixlosmandi sir saqlangan raketaning suratlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali butun dunyoga tarqatdi.
Rasmiy tarzda izohlanmasa-da, «X-37B» raketasi razvedka uchun koinotga uchirilgani taxmin qilinmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter